26-oktyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasiga do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyuradi, xabar qilindi Qirg‘iziston hukumati saytida.

1-oktyabr kuni bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Muxammetkali Abulgaziyev boshchiligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi o‘zbek tomonining taklifi bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurib, qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etgan edi.

O‘zbekiston delegatsiyasining javob tashrifi Qirg‘izistonning chegaradosh O‘sh viloyatiga bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, delegatsiya O‘sh markaziy maydonidagi bayramona madaniy tadbirda qatnashib, Qirg‘iziston xalqlari assambleyasi vakillari bilan uchrashadi. Bobur nomidagi dramatik teatrda mehmonlarga “Manasning Semetey o‘g‘li” teatrlashtirilgan postanovkasi namoyish etiladi.

O‘sh markaziy maydonida O‘zbekiston delegatsiyasi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘zdan kechirib, O‘sh davlat universitetining “Ak buura” o‘quv binosiga tashrif buyuradi va tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashadi.

Tashrif yakunida delegatsiya vakillari “Sulayman-Too” tarixiy-etnografik majmuasida bo‘ladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha delegatsiyalar ikki tomonlama hujjatlarni imzolaydi.