21-oktyabrya kuni Toshkentda avgust oyi o‘rtalarida yopilgan Oybek ko‘chasining Nukus va Turkiston ko‘chalari o‘rtasidagi qismini qayta tiklash bo‘yicha ishlar boshlandi.

Katta sur’atlarda qariyb bitayozgan favvora buzib tashlanib, piyodalar yo‘lagi bo‘ylab panjara olib tashlandi, ishchilar sug‘orish tizimlarini demontaj qilmoqda. Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari so‘zlariga ko‘ra, yo‘l dushanba kuniyoq ochilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, transport harakati uchun yopilgan mazkur uchastkada favvora va o‘rindiqlarga ega yashil hudud barpo etilishi belgilangan edi.

Oktyabr oyi avvalida O‘zbekiston poytaxtida Mustaqillik ko‘chasi bilan kesishgan bir qator ko‘cha qismlari ochildi. natijada ayrim yo‘nalishlardagi vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi.

Foto