O‘zbekiston hukumatida uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirish, shu jumladan, Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini tashkil etish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Bu haqda bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning Facebook`dagi sahifasida xabar qilindi.

Xabarda keltirilishicha, uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonasiga juda ko‘plab murojaatlar tushayotgani sababli mazkur qaror qabul qilindi.

Ayni paytda 2001-yilda Kommunal xizmat vazirligi (1992-yilgacha — Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi) bazasida tashkil etilgan “O‘zkommunxizmat” agentligi mazkur sohada mutasaddi organ hisoblanadi.