AQSH davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon 24−29-oktyabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlariga ilk tashrifi doirasida O‘zbekistonda bo‘ladi.

AQSH Davlat departamenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, Tomas Shennon Toshkent va Samarqand shaharlariga tashrif buyurib, yuqori lavozimli rasmiylar, ishbilarmon doiralar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashadi.

Shuningdek, u qator madaniy meros obidalari, jumladan, Registon hamda birinchi Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda umumiy manfaatli masalalar bo‘yicha suhbatlashish va mushtarak mintaqaviy faoliyat uchun minbar sanalgan S5+1 tashabbusi doirasida AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratiladi.