19-oktyabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi 1000 telefon raqamiga 19 mingdan ziyod qo‘ng‘iroq kelib tushdi, xabar bermoqda hukumat rahbarining Facebook-sahifasi.

“Bularning barchasi murojaat yuborish emas, balki murojaatlarning holatini aniqlashtirish bilan ham bog‘liq”, — deyiladi xabarda.

Murojaat qiluvchilarga Internetdan foydalanishga imkoniyat bo‘lmay qolgandagina telefon orqali, aynan qo‘ng‘iroqlar kamroq bo‘ladigan vaqtda (ular jadvalda aks ettirilgan) murojaat yuborish tavsiya etilmoqda.

Murojaatlar imkoni boricha http://pm.gov.uz sayti orqali yuborilishi hamda holati tekshirilishi maqsadga muvofiq.

" Ushbu holatda xizmat sifatini yaxshilash maqsadida operatorlar soni doimo orttirib borilayapti, lekin shu bilan birgalikda, aynan qo‘ng‘iroq ko‘p bo‘ladigan vaqtlarda 1000 telefon raqamida navbat kutish holatlari kuzatilmoqda", — qayd etiladi xabarda.