O‘zbekistonlik sportchilar Polshada an’anaviy karate-do bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati va jahon kubogida 12 oltin va bir bronza medalni qo‘lga kiritdi, xabar qildi O‘zA. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 100 ga yaqin davlatidan 200 dan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Asadbek va Ziyodulla Sergapovlar, Aziz Mansurov, Diyor Namozov, Aziz Abdurahmonov, Jamshid Pirmamadov, Elyor O‘roqboyev, Saidjalolxon Sa’dullaxo‘jayev, Shahriyor Oqboyev, Saidbahromxon Niyozxonov, Sevara Mansurova, Hilola Ne’matova oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Mehriniso Muhammadjonova bronza medal bilan taqdirlandi.