Joriy yilning birinchi to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 2,2 foizni tashkil etdi, deyiladi Iqtisodiyot vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida.

Avval xabar qilinganidek, yanvar-sentyabr oylarida 2015-yilning xuddi shu davriga nisbatan O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,8 foiz, sanoat o‘sishi 7,2 foizni, qurilish ishlari hajmi o‘sishi 15 foizni, chakana savdo aylanmasi o‘sishi 14,2 foizni, xizmatlar ko‘rsatish hajmi o‘sishi 12,4 foizni tashkil etdi. O‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi — 9,4 foizga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar — 11,2 foizga o‘sdi.

Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi, davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsiti va 2,2 foizni tashkil qilgan inflyatsiya darajasining pastligini ifoda etgan makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash orqali erishildi, deyiladi hisobotda.