Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga Avazjon Marahimov rektor etib tayinlandi. OTM saytidagi ma’lumot bunga guvohlik bermoqda.

Texnika fanlari doktori, professor Avazjon Marahimov tayinlovga qadar Toshkent davlat texnika universitetida faoliyat ko‘rsatgan.

2010-yil martidan 2011-yil iyuniga qadar Xalq ta’limi vazirligini boshqargan, ungacha esa oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari edi.

Avazjon Marahimov may oyida mazkur lavozimga tayinlangan Abdurahim Abdushukurov o‘rnini egalladi.