19-oktyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo‘lib turgan Qirg‘iziston delegatsiyasi rahbari Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakldagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni va ularning samaradorligini faollashtirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra 2016−2017-yillarga mo‘ljallangan vazirliklararo hamkorlik dasturi imzolandi.