Sentyabr oyida Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan 1 kv. m uchun o‘rtacha narx avgust oyiga qaraganda 1 foizga qimmatlab, 573 sh. b. (shartli birlik)dan 577 ga ko‘tarildi. Mazkur ma’lumotlar CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi “Gazeta.uz"ga taqdim etgan hisobotda o‘z ifodasini topdi.

Panel turidagi xonadonlar “kvadrati” narxi o‘zgarishsiz qoldi — 543 sh. b, g‘ishtli uylar narxi esa 1 foizga qimmatladi — 613 dan 621 ga.

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha namoyon bo‘lmoqda: bir xonali kvartiralar — 571 sh. b. (-1%), ikki xonali — 561 (0%), uch xonali — 590 (+2%), to‘rt xonali — 597 (-1%), ko‘p xonali — 579 (-2%).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.