18 oktyabr kuni Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi o‘z ishini boshladi, xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Uning ishida 50 dan ziyod tashkilotga a’zo mamlakat va kuzatuvchi-davlatlar, shuningdek, qator xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Toshkent sessiyasidan 2017 yilda o‘tadigan kelgusi yig‘ilishga qadar O‘zbekiston Respublikasining IHT TIVKga raisligi rasman boshlanadi.

O‘zbekistonning IHT TIVKdagi raisligi “Ta'lim va maorif — tinchlik va yaratuvchanlik sari yo‘l” shiori ostida o‘tadi.