15−17-oktyabr kunlari Toshkentda 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining CAFA Women’s Cup kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi O‘zA.

Unda O‘zbekiston, Eron, Tojikiston va Qirg‘iziston qizlar terma jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi.

O‘zbekiston terma jamoasi qizlari tojikistonlik futbolchilarni 8:1, qirg‘izistonlik qizlarni 5:0, eronlik tengdoshlarini 3:0 hisobda mag‘lubiyatga uchratib, Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi kubogini qo‘lga kiritdi.

Eron terma jamoasi ikkinchi, qirg‘izistonliklar uchinchi o‘rinni egalladi.

Foto: sports.uz