Vazirlar Mahkamasining 7-oktyabrdagi qarori bilan O‘zbekiston fuqarolari, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmaganlarni Toshkent va poytaxt viloyatiga doimiy propiskaga qo‘yish tartiblari takomillashtirildi, deya xabar qildi Norma.uz.

Hujjatda 59 ta davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ularning rahbarlari o‘z xodimlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga qo‘yish bo‘yicha murojaat etish huquqiga ega.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ham o‘zgartishlar kiritildi.

Endilikda “O‘zbekneftegaz” MXK, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zavtosanoat” AK va boshqalarning xodimlari ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.