14-oktyabr kuni Amerikaning Florida shtatida “Battle at the Bay 5” bokschilar shousi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Botirali “Xalk” Mamajonov (5−0−0, 3 KO) ham ringga ko‘tarildi. Bellashuv Telemundo (AQSHdagi ikkinchi ispan tilli telekommunikatsion kompaniya) kanali orqali translyatsiya qilindi.

24 yoshli Andijon vakili Larri “Pakmen” Xarris (1−1−0, 1 KO)ga qarshi ringga ko‘tarildi. Uchinchi raundda Mamajonov raqibiga ketma-ket zarbalar berganidan so‘ng referi jangni to‘xtatishga qaror qildi.

O‘zbek bokschisi professional ringdagi debyutini fevral oyida o‘tkazgan edi. O‘tgan davr mobaynida beshta jang o‘tkazib, ularning uchtasi muddatidan oldin yakunlandi.