17-oktyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43 sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboni bilan uchrashdi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi va hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv doirasida vazirlar O‘zbekiston bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risida Bitimni imzoladilar.