Aktam Xaitov O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi “O‘zstandart” bosh direktori lavozimiga tayinlandi, xabar qildi “Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

Aktam Xaitov (1974-yil tavallud topgan) — Samarqand kooperativ instituti bitiruvchisi (1994-yil). 2010-yil martidan 2014-yil iyuliga qadar O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri (bunga qadar vazir v. b. bo‘lgan), so‘ngra — 2014-yil sentyabrdan — “Biokimyo” AJning iqtisodiyot va rejalashtirish ishlari bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

“O‘zstandart” rahbarligiga mazkur lavozimda 2012-yildan buyon ishlab kelayotgan Abdusalom Qurbonov o‘rniga tayinlandi.