17−18-oktyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, 18 oktyabrda ayrim joylarda kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

17-oktyabr kuni kechga borib Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, 18-oktyabrda esa respublikaning ayrim hududlarida qorga aylanish ehtimoli bor. Shamolning 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

19−20-oktyabr kunlari havo harorati kechasi 0…+2 daraja Selsiyga tushishi, ayrim joylarda −1…−2 darajaga qadar sovushi mumkin, kunduz kunlari esa harorat +8…+10 darajaga qadar bo‘ladi.

16−19-oktyabr kunlari O‘zbekistonning tog‘ va tog‘ oldi hududlarida sel kelish xavfi mavjud.