“Milliy tiklanish” O‘zbekiston Demokratik partiyasining 15-oktyabrda bo‘lib o‘tgan V s’ezdida partiya markaziy kengashi raisi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Sarvar Otamuratov nomzodi Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi.

Sarvar Otamuratov (rasmda — chapdan uchinchi) delegatlarga o‘zining saylovoldi dasturini tanishtirdi. Partiya axborot xizmati xabariga ko‘ra, unda Vatan va xalq manfaatlari o‘z ifodasini topgan.