14-oktyabr kuni Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida Challenger turkumidagi xalqaro musobaqaning yakkalik uchrashuvlari hamda juftlik o‘yinlari finali bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning birinchi raketkachisi Denis Istomin bir kunda uchta muvaffaqiyatli o‘yin o‘tkazib, Mixail Yelgin bilan juftlikda Tashkent Challenger g‘olibiga aylandi.

“Yakkalik"da Istomin (jahon reytingida 125-o‘rin) ikki setda xorvatiyalik Ivan Dodig (92) -6/4 7/6(13)ni mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 2 soatu 16 daqiqa davom etdi.

¼ finalning boshqa yakkalik bahsida slovakiyalik Lukash Latsko (116) kutilmaganda fransuz Jeremi Shardi (80)dan 4/6 7/6(3) 6/4 hisobiga ustun keldi. Uchrashuv 2 soatu 24 daqiqa davom etdi.

Yarim final bellashuvida rossiyalik Konstantin Kravchuk 1 soatu 21 daqiqada bosniyalik Mirza Bashichni (174) — 7/5 6/3 hisobiga yengdi.

Finalga chiqish bahsida Denis Istomin ikki set natijasiga ko‘ra Lukash Latskodan ustun keldi — 6/4 6/4. O‘yin 1 soatu 12 daqiqa davom etdi.

Bir kun ichidagi uchinchi o‘yinda Denis Istomin musobaqaning juftlik bahslarida Mixail Yelgin bilan ikki setda germaniyalik Andre Begeman va hindistonlik Leandr Payesni 6/4 6/2 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi.

Mazkur g‘alaba joriy mavsumdagi Istomin va Yelginning ilk tituli hisoblanadi. Tashkent Challenger`dagi g‘alabasi ularning har biriga ATP reytingida 125 ochko va 7,75 ming dollar keltirdi. Turnir sovrindorlari esa — 4,5 ming dollar hamda 75 ochnoni qo‘lga kiritdi.

Foto