15-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining VIII Qurultoyi delegatlari partiya siyosiy kengashi raisi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Narimon Majitovich Umarov nomzodini dekabrda o‘tadigan Prezident sayloviga nomzod sifatida ilgari surishni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda partiya matbuot xizmat “Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Qurultoy ishtirokchilari Narimon Umarov yetarli hayotiy tajribaga egaligi, safdoshlari orasida obro‘-e'tibor qozonganini inobatga olgan holda bo‘lajak saylovda ishtirok etish uchun munosib nomzod ekanini qayd etib o‘tishdi.

Nomzodning saylovoldi dasturida mamlakatni har sohada rivojlantirish, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq uchun tinch va farovon turmush sharoitini yaratish kabi ustuvor g‘oya va maqsadlar mujassam etgan.