Qahramon Sariyev Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi etib tayinlandi, deya xabar qilindi respublika Vazirlar Kengashi saytida. Bunga qadar u Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Vazirlar Kengashi rahbarligiga Qahramon Sariyev ushbu lavozimda 2006-yildan buyon ishlab kelayotgan Baxadir Yangibayev o‘rniga tayinlandi.