12−13-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasida 550 ming tonna paxta tolasini xarid qilish hamda 1,322 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Yarmarkada 40 dan ziyod mamlakat, shu jumladan, Xitoy, Rossiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Yaponiya, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari, Koreya Respublikasi, Yaqin Sharq, Osiyo-Tinch okeani va Afrika davlatlari ishbilarmon doiralari vakillari, ekspert va mutaxassislari ishtirok etdi.

Yarmarka ishtirokchilari Toshkent viloyatidagi “O‘zbekiston” paxtani qayta tozalash zavodi, UzTex-Chirchiq qo‘shma korxonasi va “Toshkent-Tola” paxta terminaliga tashrif buyurdi.