17-oktyabrdan Toshkentdan Andijonga qo‘shimcha temir yo‘l reysi ishga tushiriladi, xabar qildi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati.

№62/61 reysi poyezdi Toshkentdan 16:30 da yo‘lga chiqib, Andijonga 22:30 da yetib boradi. Andijondan esa 6:00 da otlanib, poytaxtga 12:10 da yetib keladi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi"ning qayd etishicha, yangi reys ishga tushirilishi munosabati bilan 18-oktyabrdan boshlab №391/392 “Andijon-Buxoro-Andijon” reysi va №91/92 “Toshkent-Andijon-Toshkent” reysi jadvallariga o‘zgartirish kiritildi.