12-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bolalar jamg‘armasining (YUNISEF) mamlakatimizdagi Vakolatxonasining yangi rahbari Sasha Graumanni qabul qildi, xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Sasha Grauman o‘zining O‘zbekistonga tayinlanishi to‘g‘risidagi YUNISEF Ijrochi direktori Entoni Leykning xatini Vazirga topshirdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va YUNISEF o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Suhbat chog‘ida 15-aprelda imzolangan 2016 2020-yillarda YUNISEFning Mamlakatimizga oid hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishidan tomonlar manfaatdor ekanligi bildirildi.