O‘zbekiston milliy terma jamoasi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati-2018 Osiyo saralash musobaqasi uchinchi bosqichi to‘rtinchi tur uchrashuvida Xitoy jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni uchrashuvning ikkinchi taymida Marat Bikmayev va Otabek Shukurov raqib darvozasiga kiritdi.

«Biz uchrashuvni yaxshi o‘tkazdik va oldinga katta qadam tashladik», — deya ma’lum qildi O‘zbekiston termasi murabbiyi Samvel Babayan uchrashuvdan so‘ng. «Bugun biz hujumda muvaffaqiyatli harakat qildik. Xitoyning qarshi hujumga o‘tishini bilar edik va shu sababli ortga qaytib o‘ynadik. Hammasi rejadagidek o‘tdi».

Xitoy murabbiyi Gao Xunbo uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida o‘z iste’fosi to‘g‘risida ma’lum qildi. Xitoy mutaxassisi jurnalistlarning savollariga javob berishdan bosh tortdi. To‘rtta o‘yin davomida XXR termasi birorta ham g‘alabani qo‘lga kiritmadi. Uch o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, bittasida durang qayd etildi. Mazkur natijalar jamoani, A guruhida 1 ball bilan eng pastki pog‘onani band etishiga xizmat qildi. O‘zbekiston 9 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Uy uchrashuvida Janubiy Koreyani 1:0 hisobiga mag‘lubiyatga uchratgan Eron termasi guruhda peshqadamlik qilmoqda.

Statistika

Foto