1−10-oktyabr kunlari Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida armrestling bo‘yicha 38-jahon chempionati hamda para-armrestling bo‘yicha 19-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda dunyoning 52 mamlakatidan 1200 sportchi, shu jumladan, 29 nafar O‘zbekiston vakili ishtirok etdi, deya xabar qildi Armrestling federatsiyasi “Gazeta.uz"ga.

To‘rtta oltin, uchta bronza va uchta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston termasi dunyoning eng kuchli o‘n jamoasi ro‘yxatidan joy oldi.

O‘smirlar o‘rtasida Zohir Fayzullayev (50 kg gacha, o‘ng qo‘l), Muxlisa Tursunboyeva (45 kg gacha, o‘ng va chap qo‘l) va Doniyor Mirzayev (75 kg gacha, o‘ng qo‘l) armrestling bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Mirzayev “oltin"dan tashqari, chap qo‘lda kumush medalga ham sazovor bo‘ldi. Sulton Ne’matullayev (80 kg, chap qo‘l) va Shoxruh Abduyoqubov (65 kg, chap qo‘l) kattalar o‘rtasida vitse-chempion bo‘ldi.

Humora Rahmonqulov (50 kg gacha), Shahnoza Abdurahmonova (65 kg) va Dilobar Abdurahmonova (60 kg) o‘ng qo‘lda “bronza” sohibalariga aylandi.

Bahslar yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi hakam Dmitriy Dukayev eng yaxshi referi deb topildi.