O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. O‘zgidromet markazi 13−14-oktyabr kunlari respublika bo‘ylab kuchli yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi 15−20 m/s ga qadar ortadi. Havo harorati kechasi 5−7, kunduzi -15−17 darajaga tushadi.

13−14-oktyabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

“O‘zbekistonda uzoq davom etgan quruq va issiq ob-havodan so‘ng Povoljya hududidan salqin nam havo massasalari oqimi keltirib chiqaradigan salqin harorat kuzatiladi, — xabar qildi sinoptiklar “Gazeta.uz"ga. — Baland tog‘ hudullarida kuz boshlanganidan buyon ilk bor haroratning manfiy darajaga tushishi kutilmoqda”.

13-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi, 12−17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi — +10…+12, kunduzi — +13…+15 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Shamol g‘arbdan sharqqa o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 16-oktyabr kuni joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7…+12 dan +1…+6 darajagacha o‘zgarib turadi, kunduzi 13−14-oktyabrda — +10…+15, 15−16-oktyabrda — +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 13-oktyabrda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 14−15-oktyabrda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 16-oktyabrda ayrim hududlarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan sharqqa o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 13 va 16-oktyabr kunlari joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 va 16-oktyabrda — +8…+13, 14−15-oktyabrda — +5…+10 daraja, kunduzi 13−14-oktyabrda — +13…+18, 15−16-oktyabrda — +18…+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 13-oktyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda kuchayishi mumkin. 14−15-oktyabr kunlari yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi, 16-oktyabr kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan sharqqa o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 16-oktyabr kuni joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-oktyabrda — +8…+13, 14−16-oktyabrda — +5…+10, kunduzi 13−14-oktyabrda — +13…+18, 15−16-oktyabrda — +18…+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Shamol g‘arbdan sharqqa o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 16-oktyabr kuni joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi — +11…+16, kunduzi +24…+29 dan +19…+24 darajagacha atrofida bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi 13 va 15−16-oktyabr kunlari yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi, 14-oktyabrda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchayishi mumkin. Shamol g‘arbdan sharqqa o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 16-oktyabr kuni joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13−14-oktyabrda — +8…+13, 15−16-oktyabrda — +5…+10 daraja bo‘ladi, kunduzi -+18…+23 dan +13…+18 darajagachani tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 13−14-oktyabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda kuchayishi mumkin. Shamol g‘arbdan sharqqa o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 16-oktyabr kuni joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3…+8 dan −2…+3 darajagacha atrofida bo‘lsa, kunduzi 13−14 oktyabrda — +3…+8, 15−16-oktyabrda — +10…+15 daraja bo‘ladi.