Qoraqalpog‘istonning Beruniy va Mo‘ynoq tumanlari ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIVning «Postda» nashri.

Beruniy tuman IIBga podpolkovnik Gurbangeldi Ametov, Mo‘ynoq tuman IIBga — podpolkovnik Jambil Arzuyev boshliq etib tayinlandi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Kitob tuman ichki ishlar bo‘limida ham yangi boshliq faoliyatini boshladi. Ushbu bo‘limga podpolkovnik Shuhrat Iskandarov rahbarlik qiladi.