O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati-2018 Osiyo saralash musobaqasi uchinchi bosqichi to‘rtinchi tur uchrashuvida Xitoy jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mehmonlar uchrashuvning birinchi yarmida o‘zbekistonlik futbolchilarning o‘z jarima maydoniga yaqinlashishiga deyarli imkon qoldirmadi. Biroq ikkinchi taymda O‘zbekiston futbolchilari mehmonlar darvozasiga javobsiz ikkita gol kirita oldi.

Uchrashuvning 50-daqiqasida Marat Bikmayev hisobni ochgan bo‘lsa, Otabek Shukurov hisobni ikki hissaga oshirdi. Uchrashuv mobaynida Samvel Babayan shogirdlari to‘rt marotaba raqib darvozasi to‘silarini nishonga oldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston, A guruhida 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etib turibdi. Birinchi o‘rinni esa Janubiy Koreyani o‘z maydonida 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Eron egalladi.

Video