Yakshanba kuni Toshkentdagi Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘ida «Kuzgi Koshkent-2016» xalqaro mushuklar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston hamda Tojikistondan professional va havaskor mushukboqarlar ishtirok etdi.

Tashkilotchilarning qayd etishicha, O‘zbekistonda bunga qadar professional standartlarga mos mushuklar ko‘rgazmasi o‘tkazilmagan. «Kuzgi Koshkent-2016» yanvarda tashkil etilgan mamlakatdagi birinchi Caravan Cats felinologiya klubi sa’y-harakatlari evaziga o‘tkazildi.

Mushuk zotlari bo‘yicha mutaxassislar, «Rus» (FARUS) Xalqaro felinologiya assotsiatsiyasi litsenziyasini qo‘lga kiritgan rossiyalik Olga Sinitsa hamda qozog‘istonlik Yevgeniy Mechkovskiy ko‘rgazmada hakamlik qildi.

Foto