Toshkent hayvonot bog‘iga ilk bor jirafa keltirildi, deya xabar bermoqda zoologiya bog‘i ma’muriyati.

«O‘z kolleksiyamizni mazkur noyob jonivor bilan to‘ldirishga bo‘lgan ko‘p yillik urinishlar muvaffaqqiyatli yakunlandi, — deyiladi xabarda. — Olmaota hayvonot bog‘i o‘zining uch yoshli Alatau erkak jirafasini bizga taqdim etishga rozi bo‘ldi».
Yosh jirafaning ota-onasi Xan va Gratsiya hamda yana bir yosh nar Sulu Qozog‘istonga 2003 yilda Janubiy Afrika Respublikasidan keltirilgan edi. O‘tgan yillarda ulardan 12 jirafa bolasi dunyoga keldi.
«Alatau uzoq yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi, o‘z hududini o‘zlashtirib, uni parvarish qilayotgan xodimamiz Shahzoda qo‘lidan sabzavotlar, mevalar, akatsiya va qayrag‘och shoxchalarini ishtaha bilan yemoqda», — deyiladi Toshkent hayvonot bog‘i saytida.