7-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi O‘zA.

O‘zbekiston rahbari Rossiya Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi serqirra faoliyatiga muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tiladi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha turli darajada O‘zbekiston — Rossiya muloqotlari faollashayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari o‘zaro hamkorlikka doir boshqa qator masalalar va ayrim xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashdilar.