RIA Novosti, Lyudmila Bojko — Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti mamlakatda 50 yildan ziyodroq muddat davom etgan fuqarolik urushiga chek qo‘yishdagi sa’y-harakatlari uchun Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga taqdim etiladi, xabar qildi Oslodagi Norvegiya Nobel qo‘mitasi.

Kolumbiyadagi mojarolar 1964 yilda boshlangan bo‘lib, unda hukumat qo‘shinlari, Kolumbiya Inqilobiy qurolli kuchlar va jinoiy sindikatlar ishtirok etdi. Fuqarolik urushi 220 ming kishining yostig‘ini quritdi.

Shved kashfiyotchisi Alfred Nobel vasiyatiga ko‘ra, yuz yildan ziyodroq muqaddam ta’sis etilgan besh mukofot ichidan faqatgina tinchlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun beriladigan mukofot Stokgolmda emas, balki Osloda aniqlanib, shu yerning o‘zida taqdim etiladi. Laureatlarni taqdirlashga bag‘ishlangan marosim har doim bir kunda — mukofot asoschisi vafot etgan 10 dekabr sanasida bo‘lib o‘tadi.