6-oktyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati-2018 Osiyo saralash bosqichi uchinchi bosqichidagi uchinchi uchrashuvda Eron futbolchilaridan kichik — 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvdagi yagona gol o‘yinning 28-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Jalol Husayniy tomonidan kiritildi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng Eron termasi 7 ochko to‘plagan holda “A” guruhida peshqadamga aylandi. Ikkinchi o‘rinni esa Qatarni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Janubiy Koreya egallab turibdi. Hisobida 6 ochko bo‘lgan Samvel Babayam jamoasi uchinchi o‘ringa tushdi.

Foto

Video