8-oktyabr kuni Las-Vegasda (AQSH) Sin City Showdown boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbek bokschisi Sanjar Rahmonov ham ishtirok etadi.

27 yoshli andijonlik sportchi yettinchi bor professional ringda jang olib boradi. Unga qadar besh marta g‘alaba qozonib, bir marotada teng hisob qayd etilgan. Uning raqibi esa 23 yoshli amerikalik Jonatan Daynong bo‘lib, avvalgi besh jangning barchasida g‘olib bo‘lgan.

Ayni paytda Sanjar Kichik Floyd Meyvezerga tegishli bo‘lgan Mayweather Promotions promouterlik kompaniyasi jangchisi hisoblanadi. Rahmonov taniqli amerikalik murabbiy Dyui Kuper qo‘l ostida mashg‘ulot olib bormoqda.

“Sanjar hozirda ajoyib formada, u jangga to‘liq tayyor. Aminmanki, u navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritadi. Bu Mayweather Promotions kompaniyasi shousi va Floyd Meyvezerning o‘zi uning chiqishini kuzatadi. Sanjar 1−1,5 yildan so‘ng chempionlik kamari uchun kurashishga tayyor bo‘ladi”, — Dyui Kuper “Gazeta.uz” bilan fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Video

Sanjar Rahmonovning mashg‘uloti: