Samarqandda shahar tramvayi qatnashni boshlaydi. O‘zbekiston Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoyev shaharga tashrifi chog‘ida mazkur taklifni ilgari surdi.

«Mazkur tashabbus shaharliklarni quvontirdi, — xabar qildi „O‘zbekiston“ telekanalining „Axborot“ dasturi. Ekologik jihatdan toza, shahar aholisi uchun qulay transport.».

Tramvay qatnovi Siyob bozoridan Sartepa hududiga bo‘lgan oraliqda yo‘lga qo‘yiladi. Prezident v. b. aholi manfaatlarini hisobga olgan holda yaqin vaqtlar ichida yo‘nalishlar loyihasini ishlab chiqishni tavsiya qildi.

Yo‘l Navro‘z bayramiga qadar (21 mart) foydalanishga topshirilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 1947 yildan 1973 yilgacha tramvay tarmog‘i faoliyat ko‘rsatgan.

May oyi avvalida O‘zbekiston poytaxtida so‘nggi tramvay yo‘nalishi yopilgan edi. Mart oyi oxirida tramvay harakati to‘xtatilishi to‘g‘risida e’lon qilindi. O‘shanda poytaxtda 6 ta yo‘nalish faoliyat ko‘rsatayotgan edi. Hukumat yo‘lovchi tashish hajmining kamligi, tarmoqlarning eskirgani va avtomobillar soni ortgani munosabati bilan yo‘llarni kengaytirish zaruriyati yuzaga kelgani sababli tramvay faoliyatining to‘xtatilishini ma’lum qildi.