Kunlar sovumoqda. Heritage — “Mir kovrov” gilamlar do‘koni uyingizga iliqlik olib kirmoqchi. Buning uchun butun oktyabr oyi davomida do‘konning barcha gilamlariga 30% chegirma beriladi.

Do‘konga kuz-qish mavsumi uchun yangi gilamlar kolleksiyasi keltirilgan. U yerda Belgiya, Turkiya, Eronda ishlab chiqilgan 100 xildan ortiq va o‘zimizning Samarqandda tayyorlangan gilamlar sotiladi. Tanlovning ko‘pligi uy va ofisning istalgan xonasi uchun mos gilamni topish imkonini beradi.

“Mir kovrov” qo‘lda to‘qilgan, ipak gilamlarni ham sotadi. Ular nafaqat xonadoningizni bejirim qilishi, balki yaqin insonlar uchun ajoyib sovg‘a ham bo‘lishi mumkin.

Do‘kon xodimlari gilamlarning sifatiga, yaxshi saqlanishiga hamda namunali xizmat ko‘rsatilishiga katta e’tibor qaratadi. Xaridlar xaridorning manziligacha bepul yetkazib beriladi.

Do‘kon eshiklari har kuni 9:00 dan 20:00 ga qadar ochiq.

Manzil: Toshkent, Beruniy ko‘chasi, 18-b uy.

Mo‘ljal: “Huvaydo” to‘yxonasi, “Beruniy” metrosi.

Telefon: (+99897) 702−70−70.

Reklama huquqi asosida.