Ozarbayjon Respublikasi mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov 5 oktyabr kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida mudofaa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiyev bilan muzokara olib bordi, deya xabar qilindi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi saytida.

Zakir Gasanov Prezident Islom Karimov vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Bir kun muqaddam vazir Samarqanddagi Islom Karimov qabriga tashrif buyurib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgan edi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy, harbiy-texnik va harbiy ta’lim sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Akademiyasi va Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtiga ham tashrif buyurdi.