4−7- oktyabr kunlari Respublika olimpiya zaxiralari kollejida o‘smirlar o‘rtasida yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi Sport kurashlari assotsiatsiyasi.

500 nafardan ziyodroq sportchi ishtirok etayotgan musobaqa yakunlari bo‘yicha kelgusi mavsumdagi xalqaro bellashuvlarda qatnashadigan mamlakat o‘smirlar terma jamoasi shakllantiriladi.

4- oktyabr kuni 32, 38, 47, 59, 73 kg, 5- oktyabrda- 35, 42, 53, 66 va 85 kg vazn toifalarida yunon-rum kurashchilari o‘zaro bellashadi. 6- oktyabr kuni esa erkin kurash bo‘yicha 38, 46, 54, 63, 76 va 100 kg, 7- oktyabrda — 42, 50, 58, 69 va 85 kg vazn toifasidagi polvonlar bahs olib boradi.

Bellashuvlar har kuni 9:00 da start oladi.