GM Uzbekistan kompaniyasi 30- sentyabr kuni Belarusda Ravon brendini namoyish qildi, xabar bermoqda avtoishlab chiqaruvchi matbuot xizmati.

Belarusda yangi brendning R2, Nexia R3 va Gentra avtomobillari taqdimoti o‘tkazildi. Kelgusida ular qatoriga R4 modelining qo‘shilishi kutilmoqda.

Oktyabr-dekabrda Ozarbayjon va Turkmanistonda ham yangi brend taqdimotini o‘tkazish belgilangan. Shu bilan MDHning asosiy avtomobil bozorlari qamrab olinadi. Bundan avval esa Rossiya, Qozog‘iston va Ukrainada taqdimotlar o‘tkazildi. 2017- yilda har bir mamlakatda dilerlik tarmoqlarini kengaytirish rejalashtirilgan.