Yakshanba kuni Toshkent lak-bo‘yoq zavodida birinchi Street Art Battle ko‘cha san’ati festivali bo‘lib o‘tdi. «Hayot, bu — san’at!» shiori ostida o‘tkazilgan festivaldan ko‘zlangan maqsad strit-art imkoniyatini namoyish etish va yoshlar ijodiy salohiyatini rag‘batlantirishdan iborat edi.

Hakamlar hay’ati festivalda birinchi o‘ringa Ulug‘bek Yusupov («Uyqu» ishi uchun), ikkinchi o‘ringa — Mixail Pashkov («Fazo») va uchinchi o‘ringa Bekzod Abdullayev («Kabutarli qiz»)ni munosib ko‘rdi.

Foto