4 va 5 oktyabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» shaklidagi mintaqalararo vazirlar uchrashuvida hamda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Yevroittifoqning rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.