28- sentyabrdan 1- oktyabrga qadar Kanadaning Monreal shahrida figurali uchish bo‘yicha Autumn Classic International Skate Canada xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik figurachi Misha Ge 11 mamlakatning 15 nafar ishtirokchisi o‘rtasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ge qisqa dasturda 79,52, erkin dasturda esa 151,03 ball to‘plab, faqatgina 2014- yilgi Olimpiya chempioni yaponiyalik Yudzuru Xanyudan umumiy hisobda ortda qoldi.