Prezident saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrugi hududida 713 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Bu haqda juma kuni okrug saylov komissiyasi raisi Ahmadxo‘ja Yunusxo‘jayev jurnalistlarga ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklari, qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.

Saylov uchastkalari ro‘yxati tartib raqami, chegaralari va manzillari ko‘rsatilgan holda matbuotda e’lon qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 4- dekabrda bo‘lib o‘tadi.