2 oktyabr kuni 9:00 dan 11:00 gacha Toshkentdagi bir qator markaziy ko‘chalar to‘qqinchi «Kamolot-Tur» yoshlar velomarafoni o‘tkazilishi munosabati bilan avtotransport vositalari harakatlanishi uchun yopiladi.

Poytaxt hokimiyati axborot xizmatining xabar qilishicha, Nukus, Abdulla Qodiriy, Abay, Navoiy, Sharof Rashidov, Mustaqillik, Amir Temur Oybek, Glinka, Sebzor va Yusuf Xos Xojib ko‘chalarida harakat cheklanadi.

Toshkent ma’muriyati ushbu cheklanishlar tufayli yuzaga keladigan noqulaychiliklar uchun oldindan uzr so‘radi.