Toshkentda shanba kuni Mustaqillik ko‘chasining muqaddam yopilgan bir qancha uchastkalarini ochishga tayyorlash ishlari boshlandi.

Mustaqillik shoh ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishgan qismi.

Qurilish texnikalari va ishchilar Mustaqillik va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasidagi yo‘l o‘tkazgich (Hamid Olimjon maydoni) qarshisidagi qiyalik yo‘lini tozalamoqda. O‘zbekiston poytaxti hokimiyati vakillari mazkur uchastka aynan qaysi muddatda ochilishini ma’lum qilgani yo‘q, biroq ishlarni jadallik bilan olib borishga va’da bermoqda. Mazkur yo‘lning ochilishi shoh ko‘chada Shahrisabz ko‘chasidan Oloy bozoriga tomonga harakatlanuvchi avtotransportlar oqimining sezilarli darajada kamayishiga xizmat qilishi lozim.

Mustaqillik shoh ko‘chasining Sayram ko‘chasi 7-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismi.

Yaqin kunlarda o‘tgan yilning iyul oyida yopilgan Sayram ko‘chasining 7-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismi (Davlat statistika qo‘mitasi binosi yaqini)ning ham ochilishi kutilmoqda. Bu esa shu atrofda yashovchi fuqarolarning ishga va uyga qatnashidagi masofani bir necha kilometrga qisqartirishga imkon tug‘diradi.

Mustaqillik shoh ko‘chasining Sayram ko‘chasi 7-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismi.

Bir vaqtning o‘zida Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasidagi chorrahaning ochilishi bo‘yicha ham ishlar boshlab yuborildi. O‘tgan yilning avgustida bu yerga qarama-qarshi tomonga harakatlanishni butunlay cheklaydigan to‘siqlar o‘rnatilgan edi.

Qurilish ishlarida ishtirok etayotgan turli xizmatlar ishchilari turli yillarda yopilgan boshqa ko‘chalarning ham ochilishini istisno etmadi.