Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tuman ichki ishlar boshqarmasiga polkovnik Azamat O‘roqov boshliq etib tayinlandi, xabar qildi shanba kuni IIVning “Postda” nashri.

Eslatib o‘tamiz, IIBning avvalgi boshlig‘i Saidakbar Po‘latov O‘zbekiston Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoyevning poytaxt tumaniga uyushtirgan 18- sentyabrdagi tashrifidan so‘ng tuman hokimi bilan birgalikda lavozimidan bo‘shatilgan edi.

“Postda” gazetasi Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tuman ichki ishlar bo‘limiga podpolkovnik Boymirza Usmonovning boshliq etib tayinlanganini ham ma’lum qildi.