28−29 sentyabr kunlari Navoiy viloyatida Janubiy Koreyaning Inha universiteti gospitali shifokorlari hududda istiqomat qiluvchi 500 kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro jamg‘armasi tomonidan tashkillashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikda besh mutaxassis: gastroenterolog, pediatr, ortoped, otolaringolog va infeksionist ishtirok etdi.

Jamg‘arma mutaxassisi Firdavs Holiqov so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Inha universiteti bilan bir qator sog‘lomlashtirish loyihalarini olib bormoqda. Tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelgan va surunkali kasalliklarga chalingan bolalar respublika klinikalari va xorijiy tibbiyot markazlarida davolash kurslarini o‘tamoqda.

26−27 sentyabr kunlari Inha unversiteti gospitali shifokorlari Toshkent viloyati aholisi uchun ham tibbiy ko‘riklarni amalga oshirdi.