Navoiyda markaziy dehqon bozori ta’miri yakuniga yetdi. Bozor rahbari Jumamurod Karimov so‘zlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, quruq mevalar, go‘sht, sut, go‘sht va sut mahsulotlari savdosi bo‘yicha pavilonlar ta’miri uchun 500 mln so‘m atrofida mablag‘ sarflandi.

Ta’mir ishlari jarayonida suv quvurlari almashtirilib, meva va sabzavot zaxiralarini kuz-qish mavsumigacha saqlash uchun 300 tonna sig‘imga ega muzlatkichli omborxona barpo etildi.

Bozor ma’muriyati viloyat fermerlariga o‘z mahsulotlarini sotishlari uchun do‘konlarni taqdim etmoqda. Ulardan biri Qiziltepa tumanidagi «Akmal shifo asal» fermer xo‘jaligi do‘koni bo‘lib, bu yerda tabiiy asalning besh turi savdoga chiqarilgan. Sotuvchi Dilorom Shabanovaning ta’kidlashicha, joriy yil 305 asalari uyasidan 6 tonna foydali mahsulot olingan.

Ayni paytda Navoiyda yana ikkita dehqon bozorini ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.