Dunyoga mashhur yuqori sifatli maishiy texnika ishlab chiqaruvchi brendlar: Samsung, Sony, LG, Siemens va Bosch kabilar o‘z servis markazlariga ega. Bu servis markazlar mijozlarga maishiy texnikani ishlatish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga yordamlashadi va mahsulotlar sifatini kafolatlaydi. Shuning uchun xaridorlar ushbu brendlarga katta ishonch bildiradi. Milliy brend Artel ham jahon standartlariga rioya qilgan holda o‘z xaridorlariga mukammal va yuqori xizmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab servis markazlarini ochmoqda.

O‘z faoliyatini 2012 yilda boshlagan New Profi Technology mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy maqsadi — Artel brendi ostidagi maishiy texnikalarni ta’mirlashdan iborat. So‘nggi yillarda respublikamizning har bir viloyatida ikkitadan servis markazi barpo etilgan bo‘lib, ularning barchasi zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan. Artel maishiy texnikalarini mijozlarning uylariga borib ta’mirlash uchun esa har bir punktga maxsus jihozlangan avtomobillar biriktirilgan. Bularning barchasi aholiga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda korxonada 100 nafar malakali mutaxassis hamda 200 nafardan ziyod katta tajribaga ega ustalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

New Profi Technology sizga mamnuniyat bilan shuni ma’lum qiladiki, yurtimizda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi yana ikki servis markazi ishga tushirildi. 2016 yilning 19 sentyabrida Namangan viloyati Chust shahridagi servis markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi; 26 sentyabrda esa Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida yana bir filial ish boshladi. Servis markazlarimiz xizmatingizga shay!

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: (+99871) 148−88−88.

Manzil:

  1. Namangan viloyati, Chust shahri markazi, Birlik MFY, Chustiy ko‘chasi, 23-uy.
  2. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Namozgoh mahallasi, Tarag‘ay Bahodir ko‘chasi, 164-uy, 1-qavat.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.